Ingliz grandi o‘z safini “Real” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted” yozda “Real” a’zosi Xoseluni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchining “Espanol” bilan shartnomasi bor. U ijara asosida “Real”da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi 45 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni paytda u Karlo Anchelotti jamoasida juda muhim rol o‘ynaydi, ammo “qaymoqranglilar” 34 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishi hozircha noma’lum.

Xoseluning o‘zi bir necha bor “Real”da o‘ynashda davom etmoqchiligini aytgan. 

Shuningdek, “Real Madrid” Xoseluning transfer huquqlarini sotib olishi mumkin. “Transfermarkt” statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining shartnoma qiymati 5 million yevroni tashkil etadi, bu esa “qirollik klubi” uchun juda kichik miqdor. 

Xoselu faoliyati davomida Angliya chempionatida o‘ynagan. 2015-2019 yillar oralig‘ida u “Stok Siti” va “Nyukasl Yunayted” sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Xoselu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made