“Real”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 19 taga yetdi
Sport
−
01 may
1586Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ketma-ket 19 ta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Bu haqda “Sports” xabar berdi.
1 mayga o‘tar kechasi Karlo Anchelotti shogirdlari Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya” bilan mehmonda durang o‘ynadi – 2:2.
Madridliklar 18 yanvardan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, ya’ni o‘sha kuni “Atletiko” “qirollik klubi”ni Ispaniya kubogidan chiqarib yuborgandi. O‘shandan beri “qaymoqranglilar” 13 ta g‘alaba va 6 ta durang qayd etdi.
Shuningdek, Madrid superklubi 2012 yildan buyon “Bavariya”ga yutqazmayapti. Myunxenliklar oxirgi marta 2012 yilning 17 aprelida g‘alaba qozongan – 2:1. O‘shandan beri madridliklar “Bavariya” bilan o‘yinlarda 6 g‘alaba va 2 durangga erishgan.
“Real” keyingi o‘yinlarini 4 may kuni “Kadis”ga, 8 may kuni esa “Bavariya”ga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi