Muhammad Javod Zarif: “AQSH ketadi, ortidan tartibsizliklar qoladi”

Olam

image

AQSHning Afg‘onistonga bostirib kirishi va uning bu mamlakatda keyingi harakatlari "taslim bo‘lish" bilan yakunlandi. Bu haqida Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif gapirib o‘tgan.

"Amerikalik bosqinchilar hech qachon Afg‘onistonga bostirib kirmasliklari kerak edi. Ammo ular buning oqibati uchun boshqalarni aybladi. Endi 19 yillik xo‘rlashdan so‘ng, AQSH kapitulyatsini taklif qildi. Afg‘oniston, Suriya, Iroq va Yaman uchun Qo‘shma Shtatlar yagona muammo. Ular ketishadi, biroq ortlaridan to‘liq tartibsizliklarni qoldirishadi", deb yozdi Eron tashqi ishlar vaziri Twitter’dagi o‘z sahifasida.

29 fevral kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda AQSH va “Tolibon” tomoni 18 yildan ortiq davom etgan urushga yakun yasab, tinchlik bitimini imzoladi. Bu kelishuv Afg‘onistondan xorij qo‘shinlarini 14 oy ichida olib chiqib ketilishini va mart oyida mahbuslar almashinuvi bitimidan keyin afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mamlakatda qo‘shinlar sonini 8,6 mingga qisqartirishga va’da berdi.

Qo‘shma Shtatlar va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuv matnida "Tolibon” va afg‘on hukumati ishtirokidagi afg‘onlararo muloqot 10 martga mo‘ljallangani, bu vaqtga qadar hukumat va AQSH toliblarning besh ming asirini, o‘z navbatida, “Tolibon” harakati esa ming nafar asirni ozod etishi tilga olingan. 

1 mart kuni Afg‘oniston hukumati "Tolibon"ning besh ming mahbusini ozod qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olmadi. Bu haqida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani AQSH va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolanganiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. “Mahbuslarning ozod etilishi AQSH va Tolibon o‘rtasidagi kelishuv shartlaridan biri sifatida belgilangan, ammo bunday choralar Qo‘shma Shtatlar vakolatlariga kirmaydi”, degan Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing