Men odam emasmanmi? – Qodirov ko‘rinish berdi

Olam

image

Avvalroq, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirusga chalingani va uning ahvoli og‘irligi haqida xabar berilgan edi. Kecha, 27 may kuni Prezident birinchi marta koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, 27 may kuni Qodirov uzoq vaqt birinchi marta jamoatchilik oldida paydo bo‘ldi. Biroq uning o‘ng qo‘lida tibbiy moslama – kateter paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin.

“Dunyodagi millionlab odamlar koronavirus bilan kasallangan, o‘n minglab odamlar o‘lgan, nima qilibdi agar men ham kasallansam? Men odam emasmanmi? Kasal bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Immunitet va gemoglobinimni oshirish uchun osma ukol olishga haqqim yo‘qmi? Men mutlaqo sog‘lom odamman“, deydi Qodirov.

Hozirda uni ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Qodirov avvalroq koronavirus bilan kasallangan tanishini ko‘rgani borgani va u bilan quchoqlashi ko‘rishgani haqida videolar ham tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

817

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing