Koronavirus Qoraqalpog‘istonga ham yetib bordi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida ikki kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 6 aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan ikki bemor aniqlandi.

Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasi COVID-19 infeksiyaga gumonlanib, Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha erkak kishi ish yuzasidan 14 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan. Ulardan tegishli tahlillar olinib, Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazining virusologiya laboratoriyasiga va Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-amaliy tekshirish institutiga yuborilgan. Kecha, 5 aprel sanasida tunda tahlil natijalari ushbu ikki fuqaroda koronavirus kasalligi bor ekanligini tasdiqladi.

Ushbu ikki fuqaro virusga gumon qilinishidan, darhol ular bilan muloqotda bo‘lgan kishilar epidemiologik tekshiruvga olinib, ular ham karantinga olindi. Hozirda ushbu ikki fuqaro Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

415

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing