Eronda har 10 daqiqada 1 kishi koronavirus sabab o‘lmoqda

Olam

image
Yaponiya koronavirus uchun dori ishlab chiqarishni boshlaydi north_east

Yaponiya koronavirus uchun dori ishlab chiqarishni boshlaydi

Eronda har 10 daqiqada bir kishi koronavirus sabab vafot etmoqda. Bu haqda Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kiyanush Jahanpur o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi

Shuningdek, u mamlakatda har soatda 50 kishi ushbu kasallikni  yuqturib olayotganini aytdi. Jahanpur fuqarolarni Navro‘z bayrami kunlari sayohatlardan tiyilishga va barcha tashriflarni bekor qilishga chaqirdi.

Jahanpur koronavirus tufayli malakali shifokorlar vafot etayotgani haqida ham aytib o‘tdi. Xususan, Erondagi Suxeday Pakdest shifoxonasida ishlaydigan malakali shifokor Shonin Ruxanirad koronavirus bilan kurashib vafot etganini ochiqdadi. Hozirgacha Eronda o‘n nafar shifokor va to‘rt hamshira allaqachon koronavirus sabab halok bo‘lgan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 1 284, kasallikni yuqtirganlar soni esa 18 407  kishiga yetgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 228 019 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 9 314 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 941  nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 85 985 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Koronavirus

Baholaganlar

1038

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing