Eronning harbiy doktrinasida yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun joy yo‘q – Raisiy

Olam

image

Eronning ma’naviy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiyning fatvosi asosida mamlakat yadroviy va harbiy doktrinasida yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun joy yo‘q. Bu haqda Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Tehrondagi IRAN EXPO 2024 ko‘rgazmasining ochilish marosimida aytib o‘tdi.

Eron Prezidentining qayd etishicha, ko‘rgazmadagi xalqaro ishtirok darajasi Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalar samarasizligini ko‘rsatadi.

“Umid qilamanki, ushbu ko‘rgazma iqtisodiy arboblar, ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar va tadbirkorlarning birlashishi, muvofiqlashtirilishi va faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi, bu esa mamlakat, mintaqa va dunyoning iqtisodiy o‘sishiga olib keladi”, deydi Raisiy.

Raisiy o‘z nutqida Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarayotgani haqidagi xavotirlarga ham izoh berdi.

"Bizning doktrinamizda yadroviy qurol ishlab chiqarish, jumladan, yadro va mudofaa sanoati uchun joy yo‘q", deb ta’kidladi u.

Raisiy Eron yadroviy texnologiyadan fuqarolik maqsadlarida foydalanayotganini va bundan keyin ham foydalanishini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Xomanaiy 2000 yillar boshida fatvo chiqarib, yadro qurolini ishlab chiqish yoki undan foydalanishni taqiqlagan. Isroilning 1 aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligiga hujumidan so‘ng, mamlakatdagi qator siyosatchilar Xomanaiyning fatvosi o‘zgarishi va Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadroviy qurol Ibrohim Raisiy Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing