Koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda maktablarda dars soati qisqartirib yuborildi

Olam

image
Arqadag‘ ortga chekinyaptimi yo parda ortiga? north_east

Arqadag‘ ortga chekinyaptimi yo parda ortiga?

Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi maktablarda bir sinfda o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar soni qisqartiriladi. Ba’zi o‘quvchilar boshqa maktablarga o‘tkaziladi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir sinfda 15 nafardan ko‘p o‘quvchi bo‘lmasligi kerak. Mamlakatda rasman tasdiqlanmagan COVID-19 infeksiyasi profilaktikasi sifatida shunday qaror qabul qilingan. Shu maqsadda sinflar ikkiga bo‘linadi: yarmida birinchi smena, qolgan qismida ikkinchi smena o‘qiydi.

Boshqa bir nashr ma’lumotiga ko‘ra, dars vaqti ham qiqartiriladi. Darslar birinchi sinflarda –  25 daqiqa, 2-4 sinflarda – 30 daqiqa, 5-11 sinflarda – 35 daqiqa davom etadi. Har bir darsdan keyingi tanaffus 10 daqiqa, katta tanaffus esa 15 daqiqa etib belgilangan.

O‘quvchilar soni ko‘p ba’zi maktablar o‘quvchilari boshqa joyga ko‘chiriladi. Bu qarorga ota-onalar norozilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, rasman koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda qator cheklovlar o‘rnatilgandi. Xususan, ommaviy tadbirlar bekor qilinib, poyezdlar harakati to‘xtatildi. Ko‘chada tibbiy niqobsiz yurish taqiqlandi. Diniy muassasalar ham yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Turkmaniston

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing