Maktabni oltin medalga bitirayotgan o‘quvchilarga imtiyozlar beriladimi?

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni AOKA anjumanlar zalida ta’lim sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar yuzasidan onlayn-brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov muhim savol va murojaatlarga javob qaytardi. Unda maktabni oltin medal bilan bitirganlar uchun imtiyozlar berilishi masalasida ham so‘z bordi.

Sherzod Shermatov tegishli savolga quyidagicha javob qaytardi:

“Yo‘q, oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Xalq ta’limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori“ deydi Shermatov.

Vazirning ta’kidlashicha, bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Avvalroq, Shermatov karantin davrida maktabni ta’mirlash, shuningdek, 10 maydan o‘qituvchilar yoppasiga ta’tilga chiqarishi haqidagi savollarga javob berib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab Oltin medal

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing