FT: Joriy neft inqirozi 100 yillikdagi eng yomoni

Olam

image
“Bez north_east

“Bez"ning ishi doim besh”. Koronavirus panasida qolib ketgan 5 muhim voqea

Dunyoda yuqori toifali Brent markali neft narxi barreliga 10 dollargacha tushib ketishi mumkin. Jahonda neftga talab esa 10-25 foizga qisqarish ehtimoli mavjud. Amaldagi neft inqirozini so‘nggi 100 yillikdagi eng yomoni deb aytayotgan tahlilchilar shunday xulosaga keldi.

“Financial Times” nashrining yozishicha, neft bozoridagi tushishning bosh omili koronavirus pandemiyasi bo‘ldi. Virus sabab ishlab chiqarish to‘xtadi. Koronavirus tarqalishi fonida ko‘plab davlatlar chegarasini yopdi, bu biznes muhitiga zarar berdi.

Ikkinchi sabab Rossiya va Saudiya Arabistonining OPEC+ kelishuvidan chiqishi bo‘ldi. Rasmiy Moskva Saudiya Arabistonining neft qazib chiqarishni qisqartirish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlamadi. Natijada xomashyoning narxi 20 yillik minimumga tushib ketdi.

Mutaxassislar bozor bundanda “o‘tirib” qolishi mumkinligiga ishonchi komil. Agar zahiralar arzon neft bilan to‘lib toshsa, ortiqcha neft tankerlarga quyiladi. Qo‘shimcha ombor sifatida. Ular ham to‘ldirilganda neft yanada arzonlashishi va bir barreli 10 dollarga teng bo‘lib qolishi mumkin.

Bugun, 25 mart holatiga Brent markali neft birmuncha ko‘tarilib, bir barreli 30,33 dollarga, WTI markali neft esa 24,76 rublga teng bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz neft'

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing