Penzadagi YTH oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga qaytariladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Penza viloyatida yuz bergan YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi Sherali Xolnazarovich Patilloyev shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun, 9 iyun kuni marhumning jasadi akasi hamrohligida Moskvadan Toshkentga uchadigan aviareys bilan O‘zbekistonga yuboriladi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agenligi vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilgan.

Marhumning jasadini Penza viloyatidan Surxondaryo viloyatining Boysun tumanigacha olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyunida Penza viloyatida yuz bergan YTHda jami 8 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangandi. Ular Kuznetsk viloyati tumanlararo shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda qolgan 7 nafar jabrlangan o‘zbkistonliklar shifoxonaning reanimatsiya va travmatologiya bo‘limida qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH TIV Penza

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing