Saida Mirziyoyeva: xotin-qizlarni ishga joylashtirish bo‘yicha platforma loyihasi ko‘rib chiqildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusini Implementatsiya qilish dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

На данном изображении может находиться: 12 человек, люди сидят, стол и в помещении

“Dasturning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilindi. Harakatlar algoritmi belgilab olindi. Wi-Fi/3G/4G texnologiyasi negizida ishlaydigan hamda yoshlar ta’limi va xotin-qizlarni ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli dasturlar yaratishga xizmat qiladigan multimediali kommunikatsiya platformasining loyihasi ko‘rib chiqildi.

Taqdim etilgan takliflar uchun barchangizga alohida minnatdorlik bildiraman. Faol fuqarolik pozitsiyangiz, fikr-mulohazalaringiz uchun rahmat. Har bir taklif chuqur o‘rganib chiqiladi, zero bu loyihaning ajralmas qismi bo‘lib, shubhasiz, uning samaradorligi, mahsuldorligini oshirish, davlat va jamiyatga xizmat qiladigan dasturga aylantirishga yordam beradi. Shunday hamjihat faoliyatni yo‘lga qo‘yayotganimiz juda soz, chunki bu albatta ijobiy natija beradi va yangi muvaffaqiyatlarga erishishimizga xizmat qiladi”, degan Saida Mirziyoyeva.

На данном изображении может находиться: 1 человек, сидит, экран, стол, гостиная и в помещении

На данном изображении может находиться: 3 человека, люди сидят, стол и в помещении

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva avvalroq, Prezidentning Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Besh tashabbus Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made