31 iyul Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi – Musulmonlar idorasi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Qurbon hayiti joriy yilning 31 iyul kuni nishonlanishi mumkin. Bu haqda Musulmon idorasi xabar berdi.

Idoraning ma’lum qilishicha, Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020 yil 22 iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida Haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020 yil 30 iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.

“2020 yil 31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti joriy yilning 24 may kuni nishonlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing