Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi jome masjidlarda 2023 yil 28 iyun kuni Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28 iyun kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:

1. Andijon viloyati – 05:10;
2. Namangan viloyati – 05:10;
3. Farg‘ona viloyati – 05:10;
4. Toshkent shahri – 05:15;
5. Toshkent viloyati – 05:20;
6. Sirdaryo viloyati – 05:25;
7. Jizzax viloyati – 05:30;
8. Samarqand viloyati – 05:35;
9. Navoiy viloyati – 05:40;
10. Qashqadaryo viloyati – 05:40;
11. Buxoro viloyati – 05:40;
12. Surxondaryo viloyati – 05:40;
13. Xorazm viloyati – 05:50;
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 05:50.

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Qurbon hayiti bayrami joriy yilning 28 iyun sanasiga to‘g‘ri kelishi e’lon qilingan edi.

Shuningdek,  hayit munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari ketma-ket besh kun dam oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti namoz vaqtlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made