Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i Oybek Tursunov va oilasi haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirib, oilasi haqida gapirdi. Mirziyoyeva bor kuchini oilasi va turmush o‘rtog‘idan olishini aytdi. 

“Yillar shu darajada shiddat bilan o‘tib ketyaptiki, ushbu suratga ham mana 6 yil bo‘libdi. Charchagan chog‘imda yoki biron bir masala yechimida qiyinchiliklarga duch kelganimda, turmush o‘rtog‘imning mustahkam yelkasi hamda farzandlarimning qaynoq mehri menga yanada kuch bag‘ishlaydi. 

Bizning har bir qarorimiz oilalarimiz farovonligi, farzandlarimiz baxti va quvonchiga sabab bo‘lishi kerak. Aslida insondan o‘zi shu qolar ekan. Yillar shiddat bilan o‘tib ketmoqda...”, deb yozadi Mirziyoyeva.

Ma’lumot o‘rnida, Oybek Tursunov va Saida Mirziyoyevaning bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. Ular 2016 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayonida xalq orasida ilk bor oilaviy ko‘rinish bergan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

4099

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing