Shuhrat G‘aniyevga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni Mirzohid Murodilovich Ubaydullayev  Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Hokimning bu to‘g‘ridagi tegishli qarori imzolangan. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror bilan Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bungacha Mirzohid Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi bo‘lib ishlab kelgan.

Avvalroq, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari hamda Dang‘ara tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Farg'ona

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing