Qaysi murabbiy eng ko‘p daromad olishini bilasizmi?

Sport

image

Biroz oldin eng ko‘p daromad oladigan futbolchilar beshligi haqida ma’lum qilgan edik.

France Football nashri futbolchilardan so‘ng, eng daromad topayotgan murabbiylar reytingini ham tuzib chiqdi. Reytingni tuzishda maosh, bonus va boshqa daromadlar ham hisobga olingan.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda “Atletiko Madrid” ustozi Diyego Simeone bormoqda. U yiliga 41 mln yevro ishlab topadi. Ikkinchi o‘rinda esa “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Joze Mourino qayd etilgan. Joze yiliga 31 mln yevro topishi ko‘rsatilgan. Uchinchi o‘rinda esa “Monako” sobiq ustozi Terri Anri, yillik 25,5 mln yevrolik daromad bilan bormoqda. Beshlikka Pep Gvardiola (“Manchester Siti”, 24 mln yevro) va Ernesto Valverde (“Barselona”, 23 mln yevro) ham kiritilgan.

Qayd etish joiz, mablag‘lar soliq to‘lovlari bilan birga ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola Joze Mourin'o Diego Simeone

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing