“Special one” sobiq klubiga qaytishi mumkin

Sport

image

Portugaliyalik mashhur murabbiy Joze Mourino yana Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini boshqarishni istamoqda, ammo klub mutaxassisni ortga qaytarish niyatida emas. Bu haqda “Manchester Evening News” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mourino ishonchli odamlariga ikkinchi marta “Man Yunayted”ni boshqarish uchun Angliyaga borishga tayyorligini bildirgan. 

Qayd etish joiz, Mourino 2016 yilning may oyida klub bosh murabbiyi sifatida Lui van Galni almashtirgan va o‘zining ilk mavsumidayoq “qizil iblislar” bilan Angliya liga kubogi va Yevropa ligasida g‘alaba qozongan. MYUdagi ikkinchi mavsumida Mourino APL jadvalida ikkinchi 2-o‘ringa ko‘tarilib, Angliya kubogi finaliga chiqdi. 2018 yilning dekabrida portugaliyalik mutaxassis klubni tark etgan.

Ma’lumot uchun, “Special one”ning so‘nggi klubi “Roma” bo‘lib, u 2024 yilning yanvarida rimliklar postini tark etdi. Portugaliyalik mutaxassis Italiya klubini 2021 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. 2021/2022 yilgi mavsumda “Roma” Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi. 2022/2023 yilgi mavsumda “bo‘rilar” Yevropa ligasi finaliga qadar yetib bordi. Mourino qo‘l ostida “Roma” jami 96 ta o‘yin o‘tkazib, 44 marta g‘alaba qozongan, 23 ta bahsda durang o‘ynagan va 29 marta mag‘lubiyatga uchragan. Faoliyati davomida Mourino “Tottenxem”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Portu”, “Leyriya” va “Benfika” klublarini ham boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Joze Mourin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made