“Real”ning o‘zgarishida Bellingemning ta’siri katta – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Jud Bellingemning “Real” tarkibidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

“Bellingemning ta’siri juda katta. Hozirgi “Real Madrid” o‘tgan mavsumga nisbatan butunlay boshqa jamoaga aylangan. Bunda Bellingemning hissasi yaqqol ko‘rinib turibdi”, deydi Gvardiola.

Bellingem o‘tgan yozda Dortmundning “Borussiya”sidan “Real”ga o‘tgan edi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi “qaymoqranglilar” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Pep Gvardiola Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing