Qashqadaryoda ko‘chatlarni shikastlagan qo‘ylarning egasi 17 mln so‘m jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga qo‘ylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan turli hududlarda reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Qarshi tumani “Mang‘it” MFY hududida fuqaro O. B. tomonidan 50 bosh mayda shoxli mollarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga haydab, ko‘chatlarga shikast yetkazgan. 

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (O‘simlik dunyosi obektlarini yig‘ish shartlarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O. B. BHMning 50 baravari — 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Namangan viloyatida uch tup daraxt kesilishi ortidan tashkilot rahbari 70 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘lgan edi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo qo'ylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made