Butun Rossiyaga koronavirusga qarshi vaksina tarqatish boshlandi

Olam

image

Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqarish boshlangan “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi hududlarga yuborildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Federatsiya sub’ektlariga preparatni yetkazib berish uchun logistika zanjirlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, yuqori xavf ostida bo‘lgan fuqarolarning COVID-19' ga qarshi emlanishi ham tashkil qilinadi.

Avvalroq, 2021 yil mart-aprel oylarida dunyo davlatlari aholisini Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasi bilan emlash mumkin bo‘lishi xabar qilingandi. Hozirda vaksina sinovining uchinchi bosqichi boshlangan.

Asosan G‘arb davlatlari Rossiya vaksinasi xalqaro darajada tan olingan to‘rt bosqichli sinovdan o‘tmasidan foydalanmasligini ma’lum qilgan. Ular hozircha “Sputnik V”ning samarali ekaniga shubha bilan qarayapti.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya vaktsina koronavirus

Baholaganlar

428

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing