Rossiyada qirg‘izistonlik taksi haydovchisi bir odamni yong‘indan qutqarib qoldi

Olam

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida kecha, 7 may kuni tushdan keyin Soyuznaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, ikkinchisi esa qirg‘izistonlik taksi haydovchisi yordamida qutqarib qolindi. Bu haqda “Argumenti i fakti” nashri xabar berdi.

Qirg‘izistonlik Bobur Karimov mashina haydab ketayotganda yong‘inni ko‘rgan. U 20-qavat derazasiga ko‘tarilgan va yong‘in tuzog‘idan qutqarilishni kutayotgan odamni payqagan. Karimov o‘t o‘chiruvchilarga tomdan o‘t o‘chirish shlangini tushirishga yordam bergan, u orqali jabrlanuvchi pastdagi qavatdagi konditsionerga tushib, deraza oynasini sindirib, qo‘shni xonadonga kirgan.

“Men bu yerga mashinada hamma narsa yonayotgan paytda keldim. Yuqoridagi yigit "yordam bering, yordam bering" deb baqirdi va men darhol zinapoyaga chiqdim. U yerda men o‘t o‘chiruvchini uchratdim va unga yordam taklif qildim. Shundan so‘ng odamni tortib olishga muvaffaq bo‘ldim", deydi qirg‘izistonlik haydovchi. 

Ikkinchi odam esa yong‘indan qutulish uchun sakrab, do‘kon soyaboniga tushib, vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab, farroshlik qiladigan o‘zbekistonlik migrant yong‘in paytida bir nechta ayollarni qutqarib qolgandi. Shundan so‘ng shahar aholisi o‘zbekistonlik Olimjon Ibrohimovga 36 ming rubl yig‘ib berdi. Shaharning Admiraltey tumani ma’muriyati rahbari Sergey Overchuk esa minnatdorlik belgisi sifatida Olimjon Ibrohimovga rasm sovg‘a qilgan


Maqola muallifi

Teglar

Ekaterinburg Rossiya migrant qirg'izistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made