Koronavirus qurbonlari 40 000 dan oshdi

Olam

image

Bugun, 31 mart kuni dunyoda COVID-19 kasalligidan vafot etganlar soni 40 ming nafardan oshib ketti. Hozirda qurbonlar 40 636 nafarga yetdi. Bu haqda Amerikaning Jon Xopkins universiteti ma’lumotida qayd etilgan.

Qurbonlar soni bo‘yicha dastlabki o‘ntalikdan Italiya (12 428), Ispaniya (8269), AQSH (3415) Xitoy (3309), Fransiya (3024), Eron (2898), Buyuk Britaniya (1789), Niderlandiya (1039), Belgiya(705), Germaniya (682) joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 178 taga yetdi.

Avvalroq, dunyoda koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan insonlar 800 000 dan oshib ketgani haqida xabar bergan edik. Koronavirus tarqalishi bo‘yicha G‘arb davlatlari mutlaq yetakchilik qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 172 nafarga yetdi. Ularning 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made