Isroil armiyasi Rafahdan aholini evakuatsiya qila boshladi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrining bir milliondan ortiq falastinlik boshpana topgan qismlarini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Isroilning “Kan” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, Isroil armiyasi Rafah sharqida Isroil chegarasi yaqinida joylashgan mahallalarni evakuatsiya qilishni boshlagan.

“The Times of Israel” gazetasining yozishicha, Isroil armiyasi Rafahning sharqiy mahallalaridagi falastinliklarni Al-Mavosi va Xon Yunusdagi “gumanitar hududlar”ga ko‘chib o‘tishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden va G‘arb rasmiylarining Rafahga mumkin bo‘lgan quruqlik hujumi tinch aholining ko‘proq qurbon bo‘lishiga va gumanitar inqirozning kuchayishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan va operatsiyani evakuatsiya rejasisiz qo‘llab-quvvtlamasligini bildirgandi. Shunga qaramay, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu SAXAL “operatsiya”ni amalga oshirishini ma’lum qildi. Amerika matbuoti Isroil bir hafta ichida Rafahga qarshi "keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya"ni boshlashi mumkinligini yozdi. Isroil AQSH hukumatini Rafah shahriga quruqlikdan hujum qilganida falastinlik tinch aholini evakuatsiya qilish rejasi haqida xabardor qildi. Bayden ma’muriyati esa o‘tgan hafta Isroilga AQSHda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi. Netanyaxu Isroil tashqi bosim tufayli butunlay yolg‘iz qolsa ham “o‘zini himoya qilishga tayyor” ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Isroil G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made