Koronavirus bemorlarining to‘rt nafari og‘ir va biri o‘ta og‘ir ahvolda – Otabekov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og‘ir va 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligini yuqtirib olganlar umumiy soni 390 nafarni tashkil etdi. Keyingi kunlarda aniqlanayotgan bemorlarning barchasi kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va epidemik noxush hududlardan olib kelinib, statsionar sharoitda alohidalangan fuqarolardir.

Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu yerda davolanayotgan 80 bemorning 22 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti ma’lumotiga ko‘ra esa, bu yerda davolanayotgan 67 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rta og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing