Pompeodan bir oy o‘tib Xitoy delegatsiyasi Toshkentga kelyapti

Jamiyat

image
Pompeo Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston safariga baho berdi north_east

Pompeo Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston safariga baho berdi

Joriy yilning 2-3 mart kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQning Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

TIV xabariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralarda oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, ma’lumotda aytilishicha, ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Yan Szechi O‘zbekistonga tashrifidan avval Tojikistonda bo‘ldi va mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. O‘zbekistonga tashrifdan keyin esa Xitoy vakili Qozog‘istonga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyi boshida AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo MDH davlatlariga tur uyushtirgandi. Pompeo Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekistonga safar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy-O'zbekiston

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing