O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19-22 noyabr kunlari tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etish uchun Pekinga boradi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, mazkur tashrif doirasida Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqot o‘tkaziladi.

“XKP Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan Baxtiyor Saidov Xitoyga tashrif buyuradi”, deyiladi ushbu xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Roza Otunboyeva Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Baxtiyor Saidov Xitoy-O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made