O‘zbekistonning tashqi qarzi 20% ga oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 20,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Mamlakat tashqi qarzi yil boshidan buyon 20%ga yoki 3,4 mlrd AQSH dolllariga ortgan.

Ushbu raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilning I yarim yili uchun to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo‘yicha ma’lumotlarida keltirilgan.

Qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga to‘g‘ri keldi (3,1 mlrd dollar), shundan 1 mlrd AQSH dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 330,3 mln AQSH dollariga oshgan. 

Xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1 mlrd AQSH dollari qarzdorlik jalb qilingan.

Qarzlarni jalb qilish asosan:

•    banklar – 534,3 mln dollar;
•    neft-gaz va energetika tashkilotlari – 206 mln dollar;
•    to‘qimachilik sektori korxonalari – 40,7 mln dollar;
•    iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 230,5 mln dollar tomonidan amalga oshirildi.

To‘lovlar

Davlat tashqi qarzi bo‘yicha 203,4 mln AQSH dollari miqdordagi asosiy qarz va 103,7 mln AQSH dollari miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 706,6 mln AQSH dollari va foiz to‘lovlari bo‘yicha 182,8 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Tashqi qarz

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing