O‘zbekistonga “Jasliq” qamoqxonasini yopish tavsiya qilindi

Olam

image

AQSHning Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Komissiya AQSH Davlat departamentining qarorini inobatga olmay O‘zbekistonni diniy erkinlik jiddiy ravishda buzilayotgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarmadi.

Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi 2018 yilda O‘zbekistonda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini e’tirof etgan holda “diniy erkinlikning jiddiy buzilishi holatlari” davom etganini ta’kidladi.

AQSH Davlat departamenti o‘tgan yilning 11 dekabr kuni jahondagi diniy erkinliklar vaziyati to‘g‘risidagi navbatdagi yillik hisobotini O‘zbekistonni “alohida xavotirga molik davlatlar” ro‘yxatidan chiqarib, “maxsus nazorat qilinadigan davlatlar” ro‘yxatiga kiritgandi.

Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi AQSH Davlat departamentiga bu qarorni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi va O‘zbekistonni “alohida xavotirga molik” davlatlar qatoridan chiqarishga hali erta ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, komissiya O‘zbekistonga diniy sabablar bilan ayblangan mahbuslar saqlanuvchi “Jasliq” qamoqxonasini yopishni tavsiya qildi.

29 aprel kuni jamoatchilik e’tiboriga taqdim etilgan Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi hisobotida aytilishicha, O‘zbekiston bilan birgalikda “alohida xavotirga molik” davlatlar qatoriga Xitoy, Myanma, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston kabi 16 davlat kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

diniy erkinlik O'Zbekiston-AQSh Jasliq

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing