O‘zbekiston AQSHning “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi

Olam

image

O‘zbekiston AQSHning diniy erkinliklar bo‘yicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati” (Special Watch List) dan chiqarildi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi.

Pompeo byonotda diniy erkinlik bu insonning ajralmas huquqi ekanini alohida ta’kidladi. U “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da o‘zgarishlar bo‘lganini aytib o‘tdi.

“O‘tgan yil davomida O‘zbekiston Hukumati tomonidan erishilgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O‘zbekiston “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarilganini e’lon qilishdan mamnunman. O‘zbekistonning qonunlari va amaliyotdagi jasorati boshqa millatlar uchun namuna bo‘lmoqda”, deyiladi bayonotda.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston O‘zbekiston 2006 yildan 2018 yilgacha beri ushbu “alohida xavotirdagi mamlakatlar ro‘yxati”da bo‘lgan. Ikki yil o‘tib esa “Maxsus kuzatuvlar ro‘yxati”dan ham chiqarildi.

O‘zbekiston bilan birga Sudan ham “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi.

Hozirda Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Nigeriya, KXDR, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston “alohida xavotirdagi mamlakatlar ro‘yxati”ga kiritilgan. 

Pompeo hukumatlari faoliyatida diniy erkinlik borasida jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan Komor Orollari, Kuba, Nikaragua va Rossiya “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilganini ma’lum qildi.

“Bundan tashqari, biz “Al-Shabob”, “Al-Qoida”, “Boko Haram”, “Hayot Tahrir ash-Shom”,husitlar, ISHID, ISHID-Katta Sahara, ISHID-G‘arbiy Afrika, Jamoat Nasr al-Islom val-Muslimin va “Tolibon”ni alohida xavotirga saba bo‘luvchi shaxslar deb belgilaymiz”, degan Pompeo.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston diniy erkinlik

Baholaganlar

245

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing