AQSHning Diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi O‘zbekistonni “qora ro‘yxat”ga qaytarishni tavsiya qildi

Jamiyat

image

AQSHning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi O‘zbekistonni “maxsus kuzatuv ostidagi davlatlar” ro‘yxatiga qayta kiritishni tavsiya etdi. Bu haqda Xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha AQSH komissiyasining (USCIRF) dunyo miqyosidagi diniy erkinlik tahliliga doir navbatdagi yillik hisobotida so‘z boradi

AQSH hukumatiga O‘zbekiston bo‘yicha quyidagi tavsiyalar berilgan:

  • Xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonunga (IRFA) muvofiq diniy erkinlikning jiddiy buzilishlariga aloqadorligi yoki ularga yo‘l qo‘ygani uchun O‘zbekistonni Davlat departamentining maxsus nazorat ro‘yxatiga kiritish;
  • O‘zbekiston Hukumati bilan birgalikda 1998 yilda qabul qilingan “Din to‘g‘risida”gi qonunni va boshqa tegishli qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;
  • Hukumatni diniy jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish talablarini bekor qilishga, diniy adabiyotlarni saqlash va tarqatishga ruxsat berishga chaqirish;
  • tinch diniy faoliyati yoki diniy aloqalari uchun qamalganlar zudlik bilan ozod qilinishini yuqori darajada talab qilish va O‘zbekiston Hukumatiga mahbuslarga insoniy munosabatda bo‘lish hamda qamoqxonalarning mustaqil monitoringini ta’minlash talabini qo‘yish;
  • AQSHning Xalqaro taraqqiyot departameti (USAID) va O‘zbekistondagi elchixonasiga tinch diniy faoliyati bilan bog‘liq holda jinoiy javobgarlikka tortilgan jismoniy shaxslar va diniy jamoalarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish belgilangan.

Qayd etilishicha, 2020 yilda O‘zbekistondagi diniy erkinlik sharoitlari quyidagicha ijobiy tendensiya kasb etgan: 

  • yil davomida Hukumat kamida sakkizta musulmon bo‘lmagan diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazgan;
  • bolalarning masjidlarga borishiga amaldagi taqiqni bekor qilgan;
  • Toshkentda joylashgan ibodatxona buzib tashlanishining oldini olgan va ba’zi diniy mahbuslarni ozod qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabrida O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha vaziyat “alohida xavotirga molik” mamlakatlar ro‘yxatidan, shuningdek, oradan yana ikki yil o‘tib, “maxsus kuzatuv ostidagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

diniy erkinlik IRFA USCIRF

Baholaganlar

1178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made