Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi qashqadaryolik talabalar uyiga bepul qaytariladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qashqadaryolik talabalarni uyiga qaytarish choralari ko‘rilyapti. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi yoshlarni uyiga qaytarishni mutlaqo bepul amalga oshiradi. 

Buning uchun talaba yoshlardan ertaga, 18 mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga yetib kelishi so‘raladi. Shu joyning o‘zida Qashqadaryoga qaytish uchun transport vositalari qatnovi tashkil etiladi. 

Murojaat uchun telefon: +998973507788; Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor  11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbuvirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 182 609 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7171 nafar bemor vafot etgan, 79 883 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing