Futzal: O‘zbekiston Markaziy Osiyo derbisida qatnashadi
Sport
−
27 aprel
4418Kecha, 26 aprel kuni futzal bo‘yicha Osiyo kubogining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Finaloldi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
Asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgach, hakam ekstra taymlarga start berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi. Futzal lotoreyalarida esa Eron 5:4 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi.
Finalda forslar musobaqa mezbonlari Tailand bilan kuch sinashsa, Xose Venansio Lopes shogirdlari 3-o‘rin uchun o‘yinda qo‘shni tojikistonlik futzalchilarga qarshi maydonga tushadi.
Final va 3-o‘rin uchun bahslar 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi