Gaz arzonlashdi. Kimlarga?

Jamiyat

image

Avvalroq, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 1 kub metr gaz uchun belgilangan tarifni 600 so‘mdan 320 so‘mgacha pasaytirish taklif qilingani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qonunchilikka muvofiq, gaz ta’minoti maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi. 

Mazkur iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

XUMSh gaz ta'minoti

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing