Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi

Jamiyat

image

Toshkentning Yangihayot va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning ayrim tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, bugun, 25 sentyabr kuni ba’zi mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti to‘xtatildi.

Yangihayot tumanida 18:00 gacha:

  • “Fayzli” mahallasi Qipchoq ko‘chasi.
  • Daryo bo‘yi 3-tor va Rayhon ko‘chalarida. 

Bektemir tumanida 19:00 gacha:

  • Tomorqa, Marvarid, Chinor, Maydon, Navqiron, Bektemir, Rohat, Nurafshon, Charog‘on, Navoiy ko‘chalari;
  • Hovli bog‘ ko‘chasida;
  • “Gulbog‘” va “Iyk ota” mahallalari.

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent gaz ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made