Toshkentning ikki tumanida vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 aprel kuni soat 10:00dan 17:00gacha Toshkent shahridagi gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan ayrim hududlardagi aholi turar joylari va maishiy-kommunal ob’ektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlar ro‘yxatini keltiramiz:

Mirobod tumanida:

Fayziobod ko‘chasida;
Oq bilol ko‘chasida;
Oq uy ko‘chasida;
Beshkent ko‘chasida
Eski Otchopar ko‘chasida.

Sergeli tumanida:

Qo‘yliq 5 dahasida;
Qo‘yliq 6 dahasida;
Qo‘yliq 7 dahasida;
“Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasida;
Qo‘shqo‘rg‘on 4 tor ko‘chasida;
Qo‘shqo‘rg‘on 5 tor ko‘chasida;
Nufuzli ko‘chasida.


Maqola muallifi

Teglar

gaz ta'minoti

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing