De Xea faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Ispaniyalik darvozabon David De Xea faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Germaniya klubi “Manchester Yunayted”ni tark etgan 32 yoshli forvardga qiziqish bildirgan. Biroq “Sky Sport” jurnalisti Florian Plettenbergga ko‘ra, De Xea “Bavariya”ning taklifini qabul qilish haqida o‘ylamayapti. 

Gap shundaki, jamoaning amaldagi darvozaboni Manuyel Noyer jarohati sabab vaqtincha safdan chiqqan va sog‘aygach katta ehtimol bilan o‘z o‘rnini qayta egallaydi. Bu vaziyatda esa De Xea ikkinchi darajali posbon roliga tushib qoladi. Plettenberg o‘z manbalariga tayanib, ma’lum qilishicha, ispaniyalik bu holatda hech qanday taklifni qabul qilmaydi.

Shuningdek, “Bavariya” ko‘zlagan darvozabonlar ro‘yxatidan Yassin Bunu (“Sevilya”), Giorgi Mamardashvili (“Valensiya”), Robert Sanches (“Brayton”) va Kamil Grabara (“Kopengagen”) joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Bavariya David De Xea

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made