Chilida samolyot quladi. Qurbon bor (video)

Olam

image

15 yanvar kuni Chilida o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashayotgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Disaster news” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chili markazida elektr uzatish liniyalariga urilgan yengil motorli samolyot shossega qulab tushgan. Oqibatda uchuvchi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgan.

Chili fuqarolik aeronavtikasi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, Air Andes SPA kompaniyasiga tegishli Ayres Trush S2R-T  samolyoti Talka shahridagi Panguilemo aerodromi yaqinidagi trassada yong‘in o‘chirish operatsiyasini bajarayotgan bo‘lgan. 

Samolyot qulash asnosida ikkita mashinaga zarar yetkazgan. Bildirilishicha, hududdagi transport harakati ham butunlay to‘xtab qolgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 yanvar kuni Avstraliyada samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat samolyot Chili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made