O‘zbekistonda samolyotlarga lazer nurlarini yo‘naltirish holatlari ko‘payib bormoqda 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda havo kemalarining uchishi va qo‘nishi vaqtida lazer nurlarini samolyotlarga yo‘naltirish holatlari ko‘payib boryapti. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. 

Bildirilishicha, fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 116-moddasi 1-qismi bo‘yicha (Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish) javobgarlik nazarda tutilgan.

Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilab berilgan.

“Yo‘lovchilar va havo kemasi ekipaji a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya etishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made