AQSH Vakillar palatasi uyg‘urlar sabab Xitoyga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

Olam

image

Avvalroq, AQSH senati quyi palatasi uyg‘ur ozchiligiga bo‘lgan munosabati sabab Xitoyga sanksiyalar kiritish bo‘yicha qonunni ma’qullagan va Vakillar palatasiga yuborilgan edi. Kecha, 27 may kuni AQSH Vakillar palatasi uyg‘urlar va boshqa etnik va diniy ozchiliklarning huquqlarini buzgani uchun Xitoyning yuqori lavozimli amaldorlariga sanksiyalar kiritadigan qonun loyihasini qabul qildi. Qonun loyihasi mamlakat Prezidenti Donald Tramp imzolashi uchun yuborildi.

“Bugun biz uyg‘urlar tomonida ekanligimiz va jabrlanganlar uchun kurashayotganimiz haqida xabar yuboryapmiz. Biz bunday ishlarni unutmaymiz“, deydi Vakillar palatasi a’zosi Bred Sherman.

Qonun loyihasini senator Marko Rubio kiritdi. Shu oy boshida uni AQSH Kongressining yuqori palatasi bir ovozdan qabul qildi. Endi qonun loyihasini AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’qullashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Tramp Xitoyni Gonkongdagi harakatlariga “kuchli javob“ bo‘lishini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Xitoy uyg'urlar Vakillar palatasi

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made