Jeenbekov chegaradagi otishma bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi

Olam

image

Avvalroq, kecha, 16 sentyabr kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.  Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov bugun, 17 sentyabr kuni Prezident devoni rahbari Dosali Esenaliyev, Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev, Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov va Prezident devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Daniyar Sidiqov bilan Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasidagi hozirgi vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Davlat rahbari Botkent viloyatidagi davlat chegarasi qismida kelib chiqqan mojaro yuzasidan to‘liq axborotga ega ekanini ta’kidlagan. 

Uchrashuv ishtirokchilari bir kun oldin Tojikistonning tegishli davlat organlari vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida ma’lumot berishdi. 

Tojikiston tomoni birinchi bo‘lib o‘qotar qurol ishlatgani yana bir bor ta’kidlandi. 

Sooronbay Jeenbekov mojaroning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik va mahalliy aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, yarador fuqarolar, kerak bo‘lsa, Bishkekdagi shifoxonalarga yetkazilishini qayd etdi. 

Davlat rahbari o‘z vazifasini bajarishda halok bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmatining  harbiy xodimi Ravshan Mo‘minovning oilasiga ta’ziya izhor etdi. 

Prezident Sooronbay Jeenbekov vaziyatni tartibga solish qat’iy xalqaro huquq normalari va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralarda bir necha bor qayd etilgan avval qabul qilingan kelishuvlar doirasida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi.

Qirg‘iziston tomoni bergan ma’lumotga ko‘ra, otishma kelib chiqishiga tojikistonlik fuqaro tomonidan chegaraning kelishilmagan qismida qurilish ishlari olib borilgani sabab bo‘lgan. 

Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari matbuot markazi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, otishma natijasida bir necha tojik fuqarolari yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sooranbay Jeenbekov

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made