Putin chaqirgandi, Jeenbekov uchib bordi

Olam

image

Bugun, 20 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezident Vladimir Putin va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov uchrashdi. 

Jeenbekov Vladimir Putinning taklifiga binoan Orenburg viloyatiga (Rossiya) tashrif borgan.  

Prezidentlar birgalikda “Donguz” poligonida “Markaz-2019” strategik qo‘mondonlik-shtab mashqlarining faol bosqichini, shuningdek, qurol-yarog‘ va harbiy texnika ko‘rgazmasini tomosha qilgan. 

Sooronbay Jeenbekov va Vladimir Putin ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazib, unda Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati, dolzarb muammolari va istiqbollari muhokama qilindi. 

Bugun kechqurun Prezident Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Sooranbay Jeenbekov

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing