Koronavirus va inqiroz. Sanders nega prezidentlik poygasidan chiqqanini tushuntirdi

Olam

image

AQSHning Vermont shtatidan saylangan Demokratlar partiyasidan bo‘lgan senator Berni Sanders nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi. Bu haqda MSNBC telekanali xabar berdi.

“AQSH senatori sifatida men mislsiz inqiroz arafasida choralar ko‘rishim kerak”, dedi Sanders.

U iqtisodiy inqiroz va koronavirus pandemiyasi avj olayotgan bir vaqtda mamlakatdagi mehnatkashlarning huquqlarini himoya qilish hamda tibbiy sug‘urtaga ehtiyojmandlarga yordam berin uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ta’kidlagan.

Demokratlar partiyasidan prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan Berni Sanders dastlabki ovoz berish jarayonida boshqa bir partiyadoshi sobiq vitse-prezident Jozef (Jo) Baydenga asosiy raqobatchi sifatida ko‘rilayotgandi. Ammo 8 aprel kuni prezidentlik poygasidan chiqdi

Senatorning tarafdorlari unga sobiq vitse-prezident Jo Baydendan ovozlar soni bo‘yicha sezilarli ortda qolayotgan bo‘lsada prezidentlik poygasida davom etishini masalahat bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Baydenni demokratlarning 1217 delegati, Sandersni esa 914 delegat qo‘llab-quvvatlagan. Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzodini ilgari surish uchun 1991 delegatning ovozi kerak bo‘ladi. Respublikachilar partiyasida amaldagi Prezident Donald Tramp mutlaq yetakchilik qilyapti.

AQSH Demokratik partiyasining Bayden AQSH prezidenti lavozimiga nomzod sifatida e’lon qilinadigan milliy qurultoyi o‘tkazilishi avgust oyiga belgilangan. AQSHda Prezident saylovlari o‘tkazilishi joriy yilning 3 noyabriga belgilangan.

AQSH ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilyapti. 10 aprel holatiga 462 ming kishida koronavirus aniqlangan, ularning 16,5 minggi halok bo‘lgan va 25,4 nafari davolangan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Berni Sanders pandemiya

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing