Jizzaxda mudhish YTH: 3 yashar bola qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 14 noyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining 956 kilometrida Cobalt avtomobili yonib ketdi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Voqea soat 03:50 atrofida sodir bo‘lgan. 25 yoshli M.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining 956 kilometrida  Toshkent yo‘nalishidan Termiz yo‘nalishiga tirkamasi bilan qayrilib olayotgan 34 yoshli haydovchi A.N.ning boshqaruvidagi “Man TGX L200746001” rusumli yuk mashinasiga kelib urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. YTH vaqtida Cobalt avtomobili to‘liq yonib ketgan. 

Natijada Cobalt avtomashinasi yo‘lovchilari 32 yoshli S.Yo. hodisa joyida, voyaga yetmagan 3 yoshli A.A. esa Sardoba tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganlar. Haydovchi M.T. turli tan jarohatlari bilan Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan,  transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda,  natijasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent-Termiz

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made