“Tolibon” Afg‘onistonning 10 nafar harbiysini o‘ldirdi

Olam

image

Afg‘onistonning shimoli-sharqida “Tolibon”larning qilgan hujumi oqibatida mamlakat xavfsizlik kuchlarining 10 nafar harbiysi halok bo‘ldi, 17 nafari esa izsiz g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Ariana News” telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati bugun, 28 mart kuni ertalab Badaxshon viloyatiga hujum qilgan. Viloyat kengashi a’zosi Ahmad Javid Mujaddodiyning aytishicha, jangarilar Jurm tumanidagi to‘rtta politsiya postini egallab olgan. O‘n nafar harbiy o‘ldirilgan, uch nafari yaralangan. Yana 17 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari bedarak yo‘qolgan.

Bundan tashqari, toliblar Yamgan tumanini ham egallab olgan.

Avvalroq, “Tolibon” harakati Afg‘oniston hukumati tomonidan tuzilgan delegatsiya bilan muzokara olib borishni rad etgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing