IIV “Chinni bozor”dagi YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahri “Chinni bozor” yaqinida avtobus ikki yo‘lovchini bosib ketgani va boshqa bir avtobus bilan to‘qnashgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur mudhish YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, kecha, 3 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi, 18-sonli Avtobus saroyi haydovchisi M.T. yo‘l varaqasi asosida boshqaruvida bo‘lgan Mersedens-benz avtobusini haydab kelib, to‘xtab turgan. Hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, avtobus joyidan qo‘zg‘alib F.T. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu avtobusiga urilgan. Natijada M.T. boshqaruvni eplay olmay piyodalar N.I. ismli ayol va G.S. ismli qizni urib yuborgan.

So‘ng 18-sonli Avtobus saroyi haydovchisi Sh.A. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusiga urilib to‘xtagan. Natijada piyodalar N.I. va G.S.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chinni bozor

Baholaganlar

47

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing