Abdulaziz Komilov “Tolibon” vakili bilan galstuksiz uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image
Navoiy yotgan zamin. Afg‘onistondagi urush qachon va nima sabab boshlangandi? (1-qism) north_east

Navoiy yotgan zamin. Afg‘onistondagi urush qachon va nima sabab boshlangandi? (1-qism)

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida tinchlik sulhini imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Marosimda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida ushbu shartnomaning tashabbuskori va Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga bosh-qosh bo‘layotgan O‘zbekiston nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham bor edi. 

28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va "Tolibon" harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund o‘rtasida galstuksiz uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, “hozirda Dohada tinchlikka erishish uchun ilk aniq qadamlar qo‘yilgani bo‘yicha hech kimda shubha qolmadi”.

Imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, AQSH Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha kamaytirish majburiyatini oldi. Agar “Tolibon” mamlakatda hudkushliklarni mutlaqo to‘xtatsa, amerikaliklar o‘z harbiylari va NATO kuchlarini 14 oy davomida olib chiqishda davom etadi. Ushbu harakatlar evaziga toliblar AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun Afg‘oniston hududidan foydalanishni to‘xtatishi kerak.

Shunday qilib, toliblar va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar afg‘onlararo muloqot doirasida olib boriladi. Afg‘onlararo dialog boshlanganidan so‘ng, "Tolibon" harakati o‘z a’zolarini sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirish uchun BMT Xavfsizlik Kengashi bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. Bu 2020 yil may oyi oxirida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Tolibon

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing