Anqarada sodir bo‘lgan YTHda Prezidentning o‘g‘li og‘ir jarohat oldi

Olam

image

Turkiya poytaxti Anqaraning Go‘lboshi tumanida Sudan Prezidenti Abdulfattoh al-Burhonning o‘g‘li Muhammad  al-Burhon Rahmon mototsiklda ketayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda og‘ir yaralandi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni "Haberler" nashri ma’lum qildi.

Voqea kechki payt Qizilchashar dahasidagi Kiraz bulvarida sodir bo‘lgan. Rahmon boshqarib ketayotgan mototsikl yengil avtomobilga borib urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Avtohalokatga uchragan mototsikl ag‘darilib ketgan va Rahmon bir necha metr uzoqlikka otilib tushgan.

Voqea joyiga sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yetib borgan. Tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida og‘ir tan jarohati olgan Rahmonga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u tez yordam mashinasida Bilkent shahar shifoxonasiga olib ketilgan. 

Qayd etilishicha, avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan Rahmonning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Politsiya tergovga qadar tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Armaniston politsiyasining “Qizil beretlilar” maxsus kuchlari Yerevandagi ommaviy aksiyalar davomida mamlakatning ikkinchi prezidenti Robert Kocharyanning o‘g‘li Levonni hibsga olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sudan Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing