Andijonda obodonlashtirish xizmatida ishlayotgan uch ayolni mashina urib ketdi. Ikki nafari vafot etgan

Jamiyat

image

Bosh prokuratura Andijonda bulib utgan YTXsi yuzasidan xabar berdi.

2019 yil 16 may kuni soat 08:00lar chamasida, fuqaro A.S. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasida Asaka tumani, “Dasturxonchi” MFY hududidan o‘tgan Andijon – Shahrixon transport qatnov yo‘lining “Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida sug‘orish ishlarini olib borayotgan Asaka tumani obodonlashtirish bo‘limi ishchilari O.P., F.T. va Z.U.ni urib yuborgan.

Natijada, fuqaro O.P. hodisa joyida, fuqaro F.T. shifoxonada vafot etgan, fuqaro Z.U. esa tan jarohati olib, Asaka tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 16.05.2019 yilda JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlangan fuqarolar mehnatga jalb qilinishi qonuniyligi o‘rganilganda, O.P., Z.U. va F.T. 2018 yilning fevral oyidan beri Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli buyruqlariga asosan boshqarmada haq to‘lanadigan jamoat ishiga ishchilar sifatida qabul qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining ishchilarini Asaka tumanida “Dasturxonchi” MFY hududidagi transport qatnov yo‘lining chetida sug‘orishga jalb qilinishida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida taqdimnoma kiritildi.

Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, xabarda ko‘rsatilgan Jalaquduq tumani hududida tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi haqidagi holat o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot xodimlari magistral yo‘lni tozalashga va majburiy mehnatga jalb etilmaganligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing