Andijonda tibbiyot instituti mas’ullari pora bilan ushlangani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti dekani o‘rinbosari A.N. va kafedra assistenti K.X. fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ulardan pora olgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bunga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan institut xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlarni o‘rganish yuzasidan vazirlikning ishchi guruhi tuzilib, xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Ayni paytda mazkur oliy o‘quv yurtida mas’ul xodimlar tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yilgani, uni keltirib chiqarayotgan tizimli muammolar hamda bunga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani bildirilgan.

Shuningdek, korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib bergani, muassasa xodimlari o‘rtasida yetarlicha tushuntirish ishlari olib bormagani sababli institutning qator mas’ullariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi qo‘shimcha qilingan.

“Hurmatli yurtdoshlar! Agar Siz sog‘liqni saqlash tizimida biror bir korrupsion holatga duch kelsangiz, vazirlikning 1003, 1203 va 1103 (hududlar bo‘yicha) qisqa raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi korrupsiyaviy holatlar hamda noqonuniy xatti-harakatlarning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bir nechta hududlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi. Shuningdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining prorektori 3 ming dollar pora bilan qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM pora Andijon tibbiyot instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made